Ma’lumki, umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarni qishki ta’til vaqtida bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari maqsadida turli xil to’garaklar faoliyati yo’lga qo’yilgan. Joriy yilning 6-yanvar kuni Shirin shahar hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basi tomonidan shaharda joylashgan 1, 3-umumta’lim maktablarida 2021-2022-o‘quv yilida o‘quvchilarning qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan to‘garaklar holati o‘rganildi.
O’rganishlar davomida 1-umumiy o’rta ta’lim maktabida to’garaklar ayni kunlarda faoliyat olib borayotgan bo’lsa, 3-umumiy o’rta ta’lim maktabida buning aksini ko’rish mumkin. Ya’ni ushbu maktabda kunning birinchi yarmida o’tilishi belgilangan to’garaklarning birortasi o’tilmaganligi aniqlandi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlarga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rish bo‘yicha shahar Xalq ta’limi bo‘limiga taqdimnoma kiritildi.
Ayni kunlarda qolgan bu kabi nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati