Joriy yilning 7-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli Shirin shahridagi harbiy qismlar, Guliston harbiy prokuraturasi, Xovos tumani mudofaa ishlari bo’limi, Xovos tuman hokimligi hamkorligida Sirdaryo viloyati Xovos tumani Binokor mahallasidagi 18-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar hamda mahalladagi uyushmagan yoshlar ishtirokida “Vatanparvarlik” oyligi doirasida “Harbiy vatanparvarlik” oyligi o‘tkazildi. Tadbir davomida harbiy xizmatchilar tomonidan qurol-aslaxalar namoyishi hamda qo‘l jangi ussullari bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar nomoyish etildi.