Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahar hokimining maslahatchisi lavozimiga nomzodlar bilan ochiq tanlov asosida suhbat o’tkazildi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashkil etilishi negizida bugungi unda fuqarolarni davlat xizmatchisi sifatida tashkilot, muassasalarga ishga qabul qilish mutlaqo yangicha, shaffof ko’rinishda amalga oshirilmoqda. Agentlikning Sirdaryo viloyati filiali tomonidan joylarda ishga qabul qilish borasida tanlovlar o’tkazilib, ochiq va shaffof tarzda suhbat olib borilmoqda. Joriy yilning 27-dekabr kuni Shirin shahrida shahar hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga ochiq tanlov o’tkazilib, bu bo’yicha shahar hokimligida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyat filiali vakili Alisher Abduvaliyev, shahar hokimi, hokim o’rinbosari hamda komissiya a’zolari ishtirokida mazkur lavozimga nomzodlar bilan ochiq, shaffof tarzda suhbat o’tkazildi. Suhbat yakunlari bo’yicha komissiyaning tegishli xulosasiga ko’ra, ushbu lavozimga nomzod aniqlandi. Davlat tashkilotlariga ishga qabul qilish bo’yicha yaratilgan yangi tizimi bu borada yuzaga kelishi mumkin bo’lga korrupsiya holatlarini oldini olishga xizmati qiladi.

https://t.me/shirin_xabarlari

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan