Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan har yili viloyat hamda tuman, shahar hokimlarining yil yakuni hamda kelgusi yilda istiqbolli rejalar bo’yicha xalqqa murojaati o’qib eshittiriladi. Joriy yilning 27-dekabr kuni Xalq deputatlari Shirin shahar kengashining navbatdagi 39-sessiyasi bo’lib o’tdi. Mazkur sessiya kun tartibiga ko’ra Shirin shahar hokimi Sarvar Sultonov 2021-yil yakunlari hamda 2022-yilda amalga oshirilishi kutilayotgan ishlar yuzasidan deputatlar, keng jamoatchilik hamda xalqqa murojaat qildi.
Sessiya davomida Shirin shahrida har jabhada amalga oshirilgan ishlar, ayrim yo’nalishlarda yo’l qo’yilgan kamchiliklar shahar hokimi tomonidan alohida to’xtalib o’tildi.
Shahar hokimining murojaatidan so’ng, deputatlar yakunlanayotgan 2021-yilda Shirin shahrida ro’y bergan o’zgarishlar, bunyodkorlik ishlari, ayrim sohalarda yo’l qo’yilgan kamchiliklar yuzasidan o’z fikr va mulohazalarini bildirib o’tishdi.
Sessiya yakunida ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo’lib o’tdi.
Shirin shahrida 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2022-yildagi istiqbolli rejalar xususida quyidagi infografik lavhada qisqacha tanishish mumkin.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati