Ma’lumki, hozirda Respublika miqyosida har bir mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘yicha tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi hamda hokim yordamchilarini faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha “mahallabay” ishlash markazi xodimlari uchun yangi joriy etilayotgan tizimning tub mohiyati va samarali faoliyat ko‘rsatilishi bo‘yicha respublika hududlaridao‘quv seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.
Shirin shahrida ham sakkiz kunlik maxsus o‘quv dasturi asosida o‘kazilishi rejalashtirilgan mazkur seminar-treninglarga joriy yilning 20-dekabr kuni start berilgan bo‘lib, hozirda qizg‘in davom ettirilmoqda.
Mazkur seminar-treninglar taqdimot va amaliy mashg‘ulotlar shaklida tashkil etilib, o‘quv jarayonlarini o‘tkazish yuzasidan trenerlar tarkibi tasdiqlangan.
Tashkil etilgan seminar-treninglar o‘quv dasturidagi mavzular ahamiyati va ko‘lami jihatidan puxta ishlab chiqilgan bo‘lib, unda asosan joylarda hokim yordamchilarining «mahallabay» va «xonadonbay» ishlash mexanizmi asosida o‘z ish faoliyatini tashkil etishlari uchun zarur bo‘lgan barcha masalalarni qamrab olgan.
Bugun, 27-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati filiali vakili A.Abduvaliyev tomonidan «Hokim yordamchisi eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) va karera modeli» mavzusida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga hokim yordamchilari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) tizimi asosida baholash mexanizmlari, ko‘rsatkichlarni hisoblash tartibi, halqaro tajriba, samaradorlik va natijadorlikka erishishning ustuvor jihatlari va mavzu yuzasidan keys tahlillar asosida joriy etiladigan tizim bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.