Saytimizga hush kelibsiz !

Aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid Prezident farmoni ijrosi yuzasidan Shirin shahrida amaliy seminar bo’lib o’tdi(VIDEO)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-dekabrdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-33-sonli farmoniga muvofiq, Ipoteka krediti bozorini yanada rivojlantirish, aholining uy-joyga bo‘lgan yuqori talabini qondirish, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar taqdim etish ishlarini davom ettirish, xususiy pudrat tashkilotlarini zamonaviy ko‘p qavatli uylar qurilishiga keng jalb etish va boshqa qator chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Shu munosabat bilan, bugungi kunda aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish yuzasidan qabul qilingan qonun hamda qonunosti hujjatlarning mazmun mohiyati joylarda keng targ‘ib qilinishi barobarida aholi bilan tegishi mutasaddi tashkilot rahbarlarining uchrashuvlari tashkil qilib kelinmoqda.

Ana shunday muhim uchrashuvlardan biri joriy yilning 23-dekabr kuni Shirin shahrida tashkil qilindi. Sirdaryo viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, viloyat Markaziy bank bosh boshqarmasi, Shirin shahar hokimligi hamda tijorat banklari hamkorligida aholi va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-33-sonli farmoni mazmun mohiyati, farmonga ko‘ra, ipoteka kreditlari asosida uy-joylar qurish bo‘yicha mablag‘lar ajratish, uy-joyga muhtoj fuqarolarni saralab olish va boshqa tartiblar aholiga batafsil tushuntirib o‘tildi.

Tadbir davomida mavzu yuzasidan aholi tomonidan ko‘plab savollar va mulohazalar bildirildi va tegishli mas’ullar tomonidan batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi. Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan ushbu farmon aholining uy-joy bilan ta’minlanishida muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan