Saytimizga hush kelibsiz !

Delegatsiya a’zolarining Turkiyadagi tashrifi davom etmoqda

Joriy yil 22-dekabr kuni delegatsiya aʼzolari rasmiy tashrifi bilan Anqara shahridan Turkiyaning eng yirik sanoat, elektr energiya va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi Koniya viloyatiga yo‘l oldilar. Dastavval, delegatsiya aʼzolarini viloyat rahbari Vaxdettin O‘zkan kutib oldi va uchrashuv tashkil qilinib, qator masalalarga doir fikrlar almashildi.
Shundan so‘ng, mamlakatimiz delegatsiya a’ozlari u yerdagi fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi 112 chaqiruv markazi faoliyati bilan tanishishdi.
Viloyatda 2 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ushbu qisqa raqamli (112) favqulodda chaqiruv markaziga yiliga 1,5 millionga yaqin murojaat kelib tushadi. Bu sog‘liqni saqlash, favqulodda vaziyatlar, ichki ishlar va boshqa masalalarda kelib tushadigan murojaatlardan iborat.
Kun yakunida aholiga kommunal, obodonlashtirish, shaharsozlik, yo‘lsozlik va shu kabi aksar masalalarda xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish kengashi (Belideyi) faoliyati yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.


Bugun, 23-dekabr kuni ham Turkiyaning qator nufuzli tashkilot va boshqaruv organlariga tashriflar ko’zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan ushbu delegatsiyada Shirin shahar hokimi ham ishtirok etmoqda.
Tashrif davom etmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan