Saytimizga hush kelibsiz !

Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar!

Joriy yilning 15-dekabr kuni O‘zbekiston Republikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3630 qarori bilan tasdiqlangan “Obod qishloq” dasturi doirasida viloyatimiz miqyosida amalga oshirilayotgan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlardan ruhlangan holda O‘zbekiston Republikasi Prezidentining Shirin shahridagi Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan Shirin shahridagi Mirzo Ulug‘bek mahallasidagi dala hovli va Boyovut tumanining Sarmich mahallasini bog‘lab turuvchi 800 metr uzunlikdagi ichki yo‘lni ta’mirlash borasida qishloq va mahallaning faol fuqarolari tomonidan asosli murojaatlar yo‘llandi. Kelgan murojaatlarda ushbu yo‘ldan foydalanuvchi aholi, ayniqsa maktab o‘quvchilarini yilning yog‘ingarchilik davrida loygarchilik va yozdagi chang-to‘zonli kunlarida qiynalib kelayotganligi asosiy masala sifatida ko‘tarildi.
Shu sababdan, ushbu yo’llarni qachon “Obod qishloq” dasturiga tushadi, deb kutib o‘tirgandan ko‘ra yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan mahallar aholisi, jumladan; Shirin shahridagi Mirzo Ulug‘bek mahallasining dala hovlisi va Boyovut tumanining Sarmich mahallasida yashovchi fuqarolar va tadbirkorlarni xohish istaklari va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tashabbus ko‘rsatish taklifi berildi. Ushbu taklifni fuqarolar tomonidan ma’qullanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shirin shahridagi Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan homiylar jalb etildi va shu yerning o‘zida shaxsiy yuk tashuvchi avtomashinasi mavjud bo‘lgan fuqarolar va aholining boshqa qatlamlari ham ushbu tashabbusni qo‘llab- quvvatlagan holda o‘z hissalarini qo‘shishlarini bildirishdi.

Natijada 800 metr uzunlikdagi ta’mirtalab yo‘lga qum-shag‘al aralashmasi hashar yo‘li bilan yotqizishga kelishib oldilar. Ushbu tashabbusni Boyovut tumani hokimi D.O‘rolova va boshqa mas’ullar ham qo‘llab-quvatlagan holda maxsus transport vositalari bilan ta’minlashni o‘z zimmasiga oldilar. Ushbu hayrli ish shu kunning o‘zidayoq yaxshi kayfiyat va nuroniylarning duolari bilan boshlab yuborildi. Xalqimizda “Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar” deb bejiz aytilmagan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
Shirin shahridagi xalq qabulxonasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan