Saytimizga hush kelibsiz !

Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda mehnat qonunchiligi xususida

Joriy yilning 17 dekabr kuni Shirin shahar Energetika kollejida Shirin shahar adliya bo’limi, shahar hokimligi ishtirokida shahar tashkilot rahbarlariga Oʼzbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida»gi Qonuni va mehnat qonunchiligi bo’yicha manzilli targ’ibot ishlari olib borildi.

Suhbat jarayonida savol-javoblar amalga oshirilib, mutasaddi rahbarlarning qonunchilikdagi bilim va tushunchalari mustahkamlandi.

Ma’lumot uchun, Shirin shahar adliya bo’limiga joriy yil boshidan fuqarolarning mehnat huquqlari buzilish hoilatlari bo’yicha jami 12 ta murojaat kelib tushgan, qonunbuzilish holatlarini oldini olish masalasida 4 ta taqdimnoma kiritilib, mas’ul shaxslarning 3 nafari tegishli tartibda intizomiy jazoga tortilgan, 1 nafar shaxsga ma’muriy javobgarlik belgilanganligi natijasida 10 nafar shaxslarning mehnat huquqlari tiklangan. Shuningdek, adliya bo’limi tomonidan kiritilgan taqdimnomalar asosida jami 16 mln.so’m miqdoridagi to’lanmay kelingan ish haqlari to’liq undirib berilgan.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan