Saytimizga hush kelibsiz !

«Yoshlar forumi-2021» haftaligi doirasida Shirin shahar bolalar-o‘smirlar sport maktabiga jami 26 turdagi sport anjomlari topshirildi

Sirdaryo viloyati Shirin shahrida “Yoshlar forumi -2021” haftaligi qizg‘in davom etmoqda. Joriy yilning 15-dekabr kuni ham ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. Xususan, shahar bolalar-o‘smirlar sport maktabida shaxmat hamda stol tennisi bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida musobaqalar tashkil qilindi, musobaqada munosib ishtirok etgan yosh sportchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shirin shahrida sportni yanada ommalashtirish, yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlash kelgusida nufuzli musobaqalar sovrindorlari yetishib chiqishiga zamin yaratish maqsadida Shirin shahar bolalar-o‘smirlar sport maktabi uchun shahar sektor rahbarlari tomonidan jami 26 turdagi, umumiy qiymati 80 million so‘mga teng bo‘lgan sport anjomlari topshirildi va sektor rahbarlari yosh sportchilarga kelgusida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Yoshlar haftaligi doirasida shuningdek, uyda ta’lim oluvchi o‘quvchilarga ham alohida e’tibor qaratilib, ularga turli xil kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.
Shirin shahrida “Yoshlar forumi -2021” haftaligi davom etmoqda.


Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan