Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida «Yoshlar haftaligi» doirasida qator tadbirlar o’tkazilmoqda (VIDEO)

Barchaga ma’lumki, bugungi kunda respublikamzining barcha hududlarida “Yoshlar forumi-2021” haftaligi o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu haftalik doirasida Sirdaryo viloyati Shirin shahrida ham uyushmagan yoshlarni sportga va turli xil to‘garaklarga jalb qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida ko‘plab tadbirlar tashkil qilinmoqda. Xususan, joriy yilning 14-dekabr kuni shahar hokimligi, yoshlar ishari agentligi shahar bo‘limi hamkorligida Shirin energetika kollejida mahallalar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra g‘olib jamolar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan tadqirlandi.

Shu bilan birgalikda, yoshlar o‘rtasida madaniyat va san’at sohasini keng targ‘ib qilish maqsadida Shirin shahar bolalar musiqa va san’at maktabida konsert dasturi tashkil qilinib, unda turli xil raqslar, musiqiy chiqishlar hamda saxna ko‘rinishlar tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi.

“Yoshlar forumi-2021” haftaligi doirasida Shirin shahrida bu kabi qator tadbirlar davom etmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan