Saytimizga hush kelibsiz !

Xalq ta’limi vazirining g’oya va tashabbusi Shirin shahrida amalda

Xalq ta’lim vazirining tashabbusi bilan ta’lim tizimida ilg‘or xorijiy tajribalarni hayotga tadbiq etgan holda mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib chiqib, kasb-hunarga yo‘naltirish, psixologik qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy shakl va uslublarni joriy etish hamda o‘quvchilarni ongli va mustaqil ravishda kasb tanlashlariga metodik yordam berish qolaversa, ularni turli kasbga bo‘gan qiziqishlarini shakllantirish maqsadida Shirin shahar 1-umumta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda shahar prokuraturasi hamda ichki ishlar bo‘limi obyektlariga ekskursiyalar tashkil etildi.

Mas’ul xodimlar rahbarligida o‘quvchilar huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda xodimlarning ish jarayonlarini yuqori qiziqish bilan kuzatdilar. Yakunda ushbu ekskursiya aksariyat o‘quvchilarning kelgusida o‘zlari uchun kasb tanlashlarida muhim qadam bo‘ldi.

Shirin shahar xalq ta’limi bo‘limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan