Har yili yangi yil bayrami yaqinlashishi munosabati bilan, pirotexnika vositalari tarqalishi, savdosi, undan foydalanish kabi ko’ngilsizliklar bot-bot uchrab turadi. Bugungi kunda buning natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan noxush holatlarni oldini olish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilot va muassasalar tomonidan profilaktik tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning 2-dekabr kuni Shirin shahar Ichki ishlar bo’limi JQBva YHX bo’linmasi bilan hamkorlikda tadbir o’tkazildi.
Tadbirda “Neksiya” rusumli avtomashina to’xtatilganda Yangiyer shahar Binokor mahallasida yashovchi 2003-yilda tug’ilgan Y.U 14 blok miqdordagi pirotexnika vositalarini olib ketayotganligi aniqlandi va holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, fuqaroga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati