3-dekabr kunini xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlash to’g’risida 1983-1992 yillarni qamrab olgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti nogironlar o’n yilligining oxirida qaror qabul qilindi. Mazkur o’n yil ichida nogironlar holatini yaxshilash va ular uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash maqsadida, xabardorlikni oshirish va chora-tadbirlar ko’rish kabi katta ishlar amalga oshirildi.
Bir muncha vaqtdan so’ng, BMT Bosh assambleyasi tashkilotga a’zo davlatlarni har yili maxsus kun sharafiga bag’ishlangan tadbirlarni o’tkazishga chaqirdi.
Dunyoda taxminan 1 milliard nogiron istiqomat qiladi va ularning barchasi jamiyat hayotidagi keng ko’lamli, samarali va teng huquqli ishtirokini cheklaydigan, jismoniy, ijtimoiy-iqtisodiy va ahloqiy to’siqlarga duch keladi.
BMT ma’lumotlariga ko’ra, ular dunyodagi eng kambag’al aholining haddan ortiq ko’p ulushini tashkil qilib, ta’lim, mexnat, sog’liqni saqlash hamda ijtimoiy va huquqiy ko’mak kabi asosiy manbalardan teng ravishda foydalana olmaydi.
Shu sababdan 3 dekabr kuni Xalqaro nogironlar kunining o’tkazilishi nogironlarning muammolariga, xususan, ularning siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy hayotdagi ishtirokidan yuzaga keladigan afzallikka jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, nogironlar qadri, huquqlari va farovonligini himoya qilishga qaratilgan.
Aytish joizki, 1982 yilda Bosh assambleya tomonidan qabul qilingan nogironlarga nisbatan Butunjahon chora-tadbirlar dasturida inson huquqiga to’liq va teng rioya qilish va nogironlarning jamiyat hayotidagi ishtiroki kabi maqsadlar ilgari surilgan.
Har yili mazkur sana doirasidagi tadbirlar ma’lum shior ostida o’tkaziladi.
Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shirin shahar bo’linmasi