Saytimizga hush kelibsiz !

Yoshlar o’rtasida futbol musobaqasi bo’lib o’tdi

Mamlakatimizda “Yoshlarni qo’llab quvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da yoshlar bilan “mahallabay” ishlash ularning bandligini taminlash va bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “O’zbekiston yoshlar forumi-2021” haftaligi Shirin shahrida ham bevosita bo’lib o’tmoqda.

Joriy yilning 2-dekabr kuni Shirin shahar Energetika kollejida sportning futbol turi bo’yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqada jami 4-ta mahalladan tashrif buyurgan yoshlar ishtirok etishdi.

Musobaqa yakuniga ko’ra, faxrli 1-o’rinni egallagan Mirzo Ulug’bek mahallasining “Sportchilar”jamoasi mutlaq g’olib deb topildi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan