Joriy yilning 30-noyabr kuni Sirdaryo viloyati Shirin shahar hokimligida barcha mahalla fuqarolar yig’ini raislari va mutasaddi tashkilotlar ishtirokida Sirdaryo viloyat Statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro’yxatga olish tadbiri yuzasidan seminar tashkil etildi. Seminarda bu borada amalga oshirilishi lozim bo’lgan muhim vazifalar, shuningdek, ro’yxatga olishning tartib-taomillari tushuntirib o’tildi.
Seminardan so’ng Amir Temur mahallasida raqamlanmagan xonadonlarni raqamlash ishlari olib borildi.
Shirin shahar Statistika bo’limi