Saytimizga hush kelibsiz !

Aholini ro’yxatga olish ishlariga tayyorgarlik boshlangan

Aholini ro‘yxatga olish yana muhim jarayon hisoblanadi. Aholining aniq soni va xonadonlar pasporti ma’lumotlari jamlanishi bilan bir qatorda, hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylar ro‘yxatini tuzish imkonini beradi. Yana ham aniqroq aytganda, turar va noturar joylarning aniq soni, holati, foydalanilmay yotgan yoki muddatini o‘tab bo‘lgan binolarni belgilab olish bilan tegishli hududlarda uy-joy, sanoat ob’ektlarni qurish va ta’mirlash masalalariga oydinlik kiritish mumkin bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, respublikaning yangi mukammal kadastr xaritasi yaratiladi.

2023-yilda rasman aholini ro’yxatga olish ishlari boshlanadi. Shu munosabat bilan, Shirin shahar hokimligida hokim boshchiligida tegishli soha xodimlari ishtirokida aholini ro’yxatga olish bo’yicha zaruriy masalalar, tayyorgarlik ishlari yuzasidan muhim ko’rsatmalar berildi.

Shirin shahrida aholini ro’yxatga olish bo’yicha tayyorgarlik ishlari ketmoqda. Xususan, shahar statistika bo’limi hamda mahalla tizimi xodimlari ishtirokida ko’p qavatli uy-joylarni raqamlash ishlar olib borilyapti.

Shirin shahar statistika bo’limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan