Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
Jamiyatda mana shu kabi illatlarni oldini olish maqsadida qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, Jinoyat ishlari bo’yicha Shirin shahar sudi raisi X. Sarmanov tomonidan bir guruh tashkilot, muassasa xodimlari hamda fuqarolar ishtirokida «Korrpupsiya – ko’rinmas illat» mavzusida uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuvda bugungi kunda korrupsiya, nepatizm kabi mamlakat ravnaqiga bolta bo’luvchi qator illatlar, ularning kelib chiqishi, ushbu jinoyatlarga qarshi qonunchilikda qanday jazolar belgilanganligi kabi axborotlar o’qib eshittirildi.
Shu bilan birgalikda, Shirin shahrida dastlabki 10 oy davomida korrupsiyaga oid jinoyatlar soni ham ochiqlandi, unga ko’ra, 18 nafar shaxsga nisbatan 13 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilganligini, bulardan 1 nafariga jarima jazosi, 5 nafariga axloq tuzatish ishlari jazosi, 9 nafariga ozodlikni cheklash jazosi, 1 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganligini, 1 nafar shaxsga nisbatan 1 ta jinoyat ishi tugatilganligini aytib o‘tildi.
Jinoyat ishlari bo’yicha Shirin shahar sudi