Joriy yilning 29-noyabr kuni Shirin shahar hokimligining kichik majlislar zalida Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining navbatdagi 38-sessiyasi bo’lib o’tdi. Deputatlar, sektor rahbarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirokida bo’lib o’tgan mazkur sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko’rib chiqildi:
– Sessiyalar oralig‘ida qabul qilingan ayrim qarorlarni tasdiqlash;
– Shaharda soliq yukini kamaytirish va soddalashtirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, bo‘yicha Shirin shahar DSI boshlig‘i H. Qobilovning axboroti;
– Shaharda tibbiy xizmat sifatini yaxshilash va ko‘lamini kengaytirish, sog‘liqni saqlash borasida olib borilayotgan ishlar tahlili, hududga virusli infeksion kasalliklar kirib kelishining oldini olish, aholini dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika va eng zarur tovarlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;
– Shahar kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hisoboti;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6155-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturi ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-5048-sonli qarori ijrosi bo‘yicha shaharda amalga oshiriladigan ishlar haqida;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida shaharda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
– Boshqa masalalar.
Kun tartibiga kiritilgan har bir masala yuzasidan tegishli rahbarlarning axborotlari eshittirildi.
Sessiya davomida deputatlar va keng jamoatchilik ishtirokida qarorlar qabul qilindi.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati