O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo’yicha qo’mita raisining tegishli buyrug’iga ko’ra, qo’mitaning Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasining Shirin shahri bo’yicha bosh mutaxassisi lavozimiga G’afurov Ortiqboy Mahramqul o’g’li tayinlandi.
G’afurov Ortiqboy Mahramqul o’g’li 1993-yil Samarqand viloyati Tayloq tumanida tug’ilgan. 2018-yil Guliston davlat universitetining «Mehnat ta’limi» yo’nalishini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Xalq demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Xovos tuman Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasida turli lavozimlarda ishlab kelgan.
Ortiqboy G’afurov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Shirin shahar hokimligi Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati