Saytimizga hush kelibsiz !

Saylov jarayonlarida fuqarolarning hamda o‘zini-o‘zi boshqarish organlari kuzatuvchilarining huquq va majburiyatlari yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi

Barchamizga ma’lumki, yana sanoqli kunlardan keyin mamlakatimizda muhim bir siyosiy tadbir – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi.

Shu boisdan, ayni kunlarda barcha mahallalarda, korxona va tashkilotlarda aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlarda saylovchilarga bo‘lajak saylovning ahamiyati, saylov qonunchiligi hamda unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, saylov huquqlari keng tushuntirilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri bugun 6-oktabr kuni Shirin shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Shirin shahridagi fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlaridan ishtirok etadigan 7 nafar kuzatuvchilari uchun  “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i S.D.Xodjaev boshchiligida o‘tkazildi.

Seminar davomida kuzatuvchi – bu saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish huquqiga ega ekanligi, saylov kompaniyasining ochiq va oshkora o‘tishiga xizmat qiladi, ikkinchidan, saylov komissiyalari faoliyatining shaffofligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishi, tegishli Nizomga muvofiq, birinchidan, siyosiy partiya a’zosi yoki tarafdori yoxud siyosiy partiyaga xayrixoh bo‘lgan har qanday O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarosi siyosiy partiyadan kuzatuvchi bo‘lishi mumkinligi; ikkinchidan, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan fuqarolar yig‘ini raisi, uning o‘rinbosari, maslahatchisi, shuningdek, fuqarolar yig‘ini organlarining boshqa mansabdor shaxslari kuzatuvchi bo‘lishi mumkinligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Kuzatuvchi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek har bir saylov uchastkasida saylov kuni ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida qatnashish huquqiga ega bo‘lib, saylov komissiyalari kuzatuvchini mandati va shaxsini tasdiqlovchi hujjatiga asosan ro‘yxatga olgandan keyin unga o‘z vakolatlarini to‘laqonli hamda to‘sqinliksiz amalga oshirishi uchun sharoit yaratib berishi lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

Seminar davomida barcha 7 nafar kuzatuvchilarga 8-saylov okrugi tomonidan berilgan mandatlar tarqatildi.

Seminar so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

Shirin shahar Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan