Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahrida “Keksalar haftaligi” doirasida ijtimoiy ko’makka muhtoj nuroniylarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi

“Keksalar haftaligi” doirasida Shirin shahrida ko’plab uchrashuvlar, davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlar doirasida Joriy yilning 7-oktabr kuni ijtimoiy ko’makka muhtoj, nogironligi bo’lgan bir guruh nuroniylar holidan xabar olinib, ularga yordam sifatida oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Ma’lumot uchun, shahar bo’ylab jami 30 nafar keksalarga zaruriy 9 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Shirin shahrida “Keksalar haftaligi” tadbirlari davom etmoqda.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan