Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Ayollar daftari”ning tashkil qilinishi bugungi kunda ehtiyojmand, og’ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarni qo’llab-quvvatlashning yangicha va samarali tizimi bo’lib kelmoqda. “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning har biriga ma’lum bir toifa asosida davlat tomonidan ko’mak ko’rsatilib, hayotda o’z o’rnini topishga zamin yaratilmoqda.
Joylarda bu borada ko’plab samarali ishlar amalga oshirilyapti.
Xususan, joriy yilning 6-oktabr kuni Shirin shahar 3-sektor rahbari Akmal Xolmatov hamda Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Rafiq Boyqobilovlar tomonidan Nurobod mahallasida yashovchi, “Ayollar daftari”ga kiritilgan Oyimxol Hasanova holidan xabar olindi.
Oyimxol Hasanova xonadonining bir qismi ehtiyotsizlik oqibatida yong’in natijasida achinarli ahvolga kelib qolgan edi.
Shahar 3-sektor shtabi hamda Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi tashabbus bilan “Ayollar daftari” jamg’armasi hisobidan mazkur xonadon ta’mirlanib, namunali ko’rinishga ega bo’ldi. Yuqorida ushbu xonadonning yong’indan talofat ko’rgan holati hamda ta’mirlangandan keyingi ko’rinishi aks ettirilgan.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati