Saytimizga hush kelibsiz !

Yoshlarga dehqonchilik uchun ajratilgan yer maydonlariga press-tur uyushtirildi

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil qilingan “Yoshlar daftari” bugungi kunda yoshlarning hayotda o’z o’rnini topishida muhim vosita sifatida qaralmoqda. Xususan, mazkur tashabbus doirasida ko’plab yo’nalishlarda yoshlarga davlat tomonidan yo’nalish, ko’mak ko’rsatilmoqda. “Har bir yoshga bir gektar” loyihasi esa uyushmagan yoshlar uchun yana bir imkoniyat bo’lmoqda.

Joylarda mazkur loyiha asosida dehqonchilik faoliyati bilan shug’illanuvchi yoshlarga ekin ekish uchun tomorqa yer maydonlari ajratilmoqda.

Shirin shahrida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, dehqonchilik faoliyati bilan shug’illanish istagidagi jami 48 nafar yoshlarga joriy yilning aprel oyida jami 15.8 gektar ekin yer maydoni teng bo’lib berildi va yer ajratilganligi to’g’risida sertifikatlar ham topshirildi. Yoshlarni ushbu faoliyat bilan shug’illanishlari uchun yanada ko’mak berish maqsadida subsidiya asosida ekin yerlari texnikalar yordamida haydalib, donli ekinlar ham olib berildi.

Joriy yilning oktabr oyida shahar hokimligi, OAV hamda jamaotchilik vakillari ishtirokida yoshlarga ajratilgan ekin yer maydonlariga press-tur uyushtirildi.

Bu vaqtga kelib, dehqonchilik faoliyati biln shug’illangan yoshlar o’z hosillarini yig’ib terishmoqda.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan