Saytimizga hush kelibsiz !

Aholini ro‘yxatga olishda qanday usullardan foydalaniladi?

Aholini ro‘yxatga olish davlat uchun eng muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Ushbu tadbirni qanday o‘tkazish, unda qanday yo‘l-yo‘riqlar bo‘lishi barchani qiziqtirishi tabiiy. Respublikamizda bu tadbirga kirishishdan avval jahon tajribasiga e’tibor qaratilib, boshqa davlatlarda olib borilgan ishlar puxta o‘rganib borilmoqda. Xususan, aholini royxatga olishda quyidagi samarali usullardan keng foydalaniladi:
So‘rov usuli — ro‘yxatga olish maxsus anketani to‘ldirish, yuzma-yuz suhbat asosida, inspektor tomonidan amalga oshiriladi. Bu Rossiya Federatsiyasi va boshqa MDH mamlakatlarida qo‘llanilgan.
O‘zi hisoblash va to‘ldirish usuli — maxsus anketa ro‘yxatga olinuvchi shaxs tomonidan to‘ldiriladi. Shuningdek, bunda bir oilada istiqomat qilayotgan aynan bir shaxs farzandlari yoki yaqinlari uchun ham anketani to‘ldirishi mumkin. Ro‘yxatga oluvchi inspektor esa anketaning to‘ldirilishini nazorat qiladi, xolos. Bu usuldan Yevropadagi bir qator davlatlarda foydalaniladi.
Aralash (anketali) usul — maxsus anketa ro‘yxatga olinuvchilar manziliga pochta yoki internet orqali yuboriladi. Fuqarolar anketani to‘ldirib, statistika xizmatiga qayta jo‘natadi. Anketa kelmagan manzillarga esa mas’ullar yuboriladi. Ushbu usul kamxarjligi bilan ajralib turadi. Biroq amalda bu usul kutilgan natijani bermayapti.

Shirin shahar statistika bo‘limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan