2021-yil 2-sentyabr kuni Shirin shahar Amir Temur mahallasida yashovchi, A.Sh shahar IIB ga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida 2021-yil 2-sentyabr kuni soat tahminan 21:30 larda ko‘chada T.J bilan o‘zaro kelishmovchilik natijasida janjallashib qolganligini, ushbu janjal natijasida T.J qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan A.Sh tanasining turli joylariga urib tan jaroxati yetkazganligini ma’lum qilgan. Sudga oid tibbiy ekspertizasining 2021-yil 8-sentyabr kungi tegishli xulosasida A.Shning tanasida turli sohalarida kesilgan sanchilgan yaralar borligi aniqlanib, tan jaroxatining og‘irlik darajasi bo‘yicha “Sog‘liqning qisqa muddatli buzulishiga sabab bo‘lgan yengil tan jaroxati” deb baholanishi ko‘rsatilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shirin shahar Amir Temur mahallasida shahar Ichki ishlar bo’limi boshlig’i, mahalla raisi va faollar ishtirokida ushbu jinoyat muhokamasi bo’lib o’tdi. Unda bu kabi jinoyatlarni oldini olish, aholi o’rtasida tushuntirish hamda profilaktika ishlarini olib borish, tungi vaqtlarda bemaqsad ko’chada yurmaslik, har bir xonadon egasi atrofda bo’layotgan voqea-hodisalarga nisbatan doim ogoh bo’lishi kabi qator omillar keng jamoatchilik oldida muhokama qilindi.
Shirin shahar IIB