Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahar Bunyodkor mahallasida yoshlar muammolari o’rganildi

Yaqin yillar mobaynida yoshlar siyosati davlatimizning eng ustuvor vazifalaridan biri sifatida qarab kelinmoqda. Joylarda o’tkazilib kelinayotgan yoshlar bilan uchrashuvlar, undagi ko’tarilayotgan masalalar, takliflarning inobatga olinishi va ijobiy hal etilishi barobarida yoshlarning ertangi kuni porloq bo’lishiga zamin yaratilmoqda. Ana shunday uchrashuvlardan biri joriy yilning 23-sentyabr kuni Shirin shahar Bunyodkor mahallasida bo’lib o’tdi.

Shahar hokimining o’rinbosarlari, tegishli tashkilot rahbarlari, mahalla faollari hamda bir guruh yoshlar ishtirokida o’tkazilgan mazkur uchrashuvda yoshlar tomonidan subsidiya olish, tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish, Oliy ta’lim uchun shartnoma to’lovini to’lash, ishga joylashish kabi qator masalalar ko’tarildi.

Yoshlar tomonidan yo’llangan murojaatlar tegishli mas’ullar yordamida o’rganilib, ishga joylashish borasidagi murojaatlar joyida ijobiy hal etildi, tadbirkorlik bo’yicha yo’llangan murojaatlarga huquqiy tushuncha berildi va qolgan murojaatlar muddat talab qilinishi sababli nazoratga olindi.

Shirin shahrida yoshlar borasida amalga oshirilayotgan ishlar natija berib kelmoqda. Birgina misol qilib, umumiy o’rta ta’lim maktabi bitiruvchilarining Oliy ta’lim muassasalariga kirish ko’rsatkichlari viloyat miqyosida eng yaxshi natijani qayd etib kelishini, umumta’lim maktablarining bu boradagi ko’rsatkichlari yildan-yilga o’sib borayotganligini guvohi bo’lib turibmiz.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan