Saytimizga hush kelibsiz !

Tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolar bilan uchrashuv tashkil qilindi

Joriy yilning 23-sentyabr kuni Shirin shahridagi Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini koʼrib chiqish qabulxonasi mudiri Olimjon Nurmatov hamda shahar IIB boshligʼi 3-sektor rahbari Аkmal Xolmatovlar bilan birgalikda Nurobod MFYdagi tadbirkorlik qilish istagida boʼlgan fuqarolar bilan sayyor qabul oʼtkazildi.

Sayyor qabulda ishtirok etgan 7 nafar fuqarolarning barchasi «Har bir oila tadbirkor» davlat dasturi asosida chorvachilikni rivojlantirish maqsadida kredit mablagʼlariga ehtiyoji borligi aniqlandi hamda ushbu masalalarni yechish boʼyicha АTB Аgrobank Shirin filiali mutasaddilariga tegishli koʼrsatmalar berildi.

Bosh vazirning Shirin shahridagi qabulxonasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan