Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahar sektor rahbarlarining shaxsiy qabuli o’tkazildi

Aholi murojaatlari bilan ishlash, murojaatlardagi masalalarni atriflicha ijobiy hal etish tizimi Shirin shahrida davom etmoqda. Joriy yilning 25-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Shirin shahridagi xalq qabulxonasida shahar sektor rahbarlarining shaxsiy qabuli bo’lib o’tdi.

O’tkazilgan mazkur qabulda jami 12 nafar fuqarolar ishtirok etib, aholi tomonidan uy-joy, ishga joylashish, moddiy yordam tayinlash, tibbiy xizmat uchun order va boshqa masalalarda murojaatlar tinglandi.

Murojaatlar sektor rahbarlari va tegishli tashkilot rahbarlari tomonidan o’rganilib, 6 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 3 ta murojaatga huquqiy tushuncha berildi va 3 ta murojaat muddat talab qilganligi sababli nazoratga olindi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan