O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 dekabrdagi PQ-4926-son “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 15 avgust kunidagi 173-son Farmoyishi talablari ijrosini ta’minlash hamda Sirdaryo viloyati hududida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash Shirin shahar hududida shahar IIB, Milliy gvardiya, 99440-sonli harbiy qism hamda jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari olib borilmoqda.
Tadbir davomida xonadonlar, qator tashkilot va muassasalarda ogohlik davr talabi ekanligi, tashkilot, muassasa, ko’p qavatli uylar hududiga kirish-chiqishni qat’iy nazorat qilish kabi ko‘rsatmalar, tavsiyalar berib borilmoqda.
Shirin shahar IIB