Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar zamirida xalq farovonligi, yurt taraqqiyoti, yoshlarning porloq kelajagini ta’minlash kabi ezgu maqsadlar mujassam. Zero, Yurtboshimiz boshchiligida yuritilayotgan siyosatning ham bosh maqsadi ana shunday ezgu tashabbuslarni qamrab oladi. 2021 yilning “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nomlanishi, bu boradagi islohotlarning yanada jonlanishi uchun xizmat qiladi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Yoshlarning hayotdan o’z o’rinlarini topishda nuroniylarimi, duogo’y otaxon, onaxonlarimizning qimmatli o’gitlari, nasihatlari beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Joylarda o’tkazilayotgan “Uch avlod” uchrashuvlarida mamlakatimizda yashovchi aholining ertangi kunga bo’lgan ishonchini oshirish, bugungi musaffo osmon ostidagi, farovonlik hukm surayotgan Vatanimiz uchun shukronalik hissini paydo qilmoqda.
Joriy yilning 26-avgust kuni Shirin shahar Vatanparvar mahallasida ham ana shunday fayzli uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda O’zbekiston Qahramoni Mirzaaxmad Shaimov, Nuroniy jamoatchilik kengashi a’zosi O’rmonali Qurbonaliyev, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’I Rafiq Boyqobilov, nafaqadagi sobiq harbiylar, harbiy qism komandiri, harbiylar va ularning oilalar ishtirok etdi.
Tadbirda so’zga chiqqanlar mustaqillikdan avvalgi, yaqin 5 yillikdagi ulkan o’zgarishlar, bunyodkorliklar haqida batafsil to’xtalib, bugungi shunday zamon uchun Yaratganga faqat va faqat shukronalik keltirish lozimligi ta’kidlandi.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati