Joriy yilning 17-avgust kuni Shirin shahrida Bolalar-o‘smirlar sport maktabi xodimlari jismoniy me’yor talablariga muvofiq sinovdan o‘tkazildi.
Jismoniy sinovdan jami 23 nafar xodimlar (10 nafari 29 yoshgacha, 8 nafari 30 yoshdan 39 yoshgacha, 3 nafari 40 yoshdan 49 yoshgacha va 2 nafari 50 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan xodimlar) 4 xil yo‘nalishda ya’ni 100 metrga yugurish, uzunlikka sakrash, turnikda tortilish, granata uloqtirish bo‘yicha jismoniy sinovdan o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga asosan, sport maktabining barcha 23 nafar xodimlari “5” va “4” baholar bilan sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishdi.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati