O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘tkazilgan 2021 yil 12 fevraldagi yig‘ilishning №-8-sonli bayoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahallalarda profilaktika inspektorlarining ish samaradorligini oshirish maqsadida bugungi kunda Shirin shahrida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Profilaktika inspektorlariga yaratilayotgan sharoitlardan ko‘zlangan maqsad hududda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish hisoblanishi bilan bir qatorda soha xodimlariga bu borada yanada mas’uliyat yuklaydi.
Joriy yilning 18-avgust kuni Shirin shahar birinchi sektor rahbari S.Sultonov mahallalarda faoliyat yuritib kelayotgan profilaktika inspektorlari bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqot o’tkazdi.
Uchrashuvda jinoyatchilikni oldini olish borasida davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi, xususan, hududlarda huquqbuzarlik qilishga moyil bo‘lgan fuqarolar bilan yakka tartibda ishlash, profilaktik tadbirlar o‘tkazib borish kabi masalalar muhokama qilindi.
Shu bilan birgalikda, profilaktika inspektorlarining ish faoliyati boshqa mas’ul tashkilotlarning hamkorligi, hududlarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar alohida tushuntirildi.
Uchrashuv yakunida taklif va mulohazalar tinglandi.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati