Aholi muammolarini o‘rganish va ularni tizimli hal etish, shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 23 iyul kuni o‘tkazilgan “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari» ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda ommaviy qabullar, aholi bilan uchrashuvlar, ochiq muloqotlar tashkil qilinmoqda.
Joriy yilning 17-avgust kuni Shirin shahar birinchi sektor rahbari boshchiligida Mirzo Ulug‘bek mahallasida aholi bilan ochiq muloqot tashkil qilindi. Uchrashuvda aholi tomonidan asosan, uy-joy, ishga joylashish, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, obodonlashtirish kabi masalalarda murojaatlar yo‘llandi.
O‘tkazilgan ochiq muloqotda jami 9 nafar fuqarolar turli masalalarda murojaat yo‘lladi. Qabulda ishtirok etgan 3 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal etildi, 1 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, qolgan 5 nafar fuqaroning murojaatida keltirilgan masalalar muddat talab qilganligi sababli qat’iy nazoratga olindi.
Shirin shahrida sektor rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabullar davom etmoqda.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati