2021 yil 2-avgust kuni Shirin shahriga AQSh ishlab chiqarilgan 826 doza MODERNA vaksinasi olib kelindi va Shirin shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining vaksinalar saqlash omborxonasida maxsus muzlatgichlarda belgilangan tartibda “sovuqlik zanjiri”ga amal qilgan holda saqlanmoqda. Bugun 3-avgust erta tongdan ushbu vaksinalar tegishli vaksinatsiya punktlariga emlash uchun yetkazildi. Ayni vaqtda emlash jarayonlari davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu vaksinaning 1 dozasi 0.5 ml hisoblanib bitta flakonda 14 doza mavjud. “MODERNA” vaksinasi 28 kun interval bilan 2 marotaba qilinadi. Birinchi marotaba emlanmoqchi bo‘lgan fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra, o‘zi istagan (omborxonada mavjud bo‘lgan) vaksina turi bilan emlanish huquqiga ega. Shirin shahrida fuqarolar hozirda ZF-UZ-VAC2001 (O‘zbekiston-Xitoy) hamda MODERNA (AQSh) vaksinalari bilan emlanishlari mumkin.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati