Saytimizga hush kelibsiz !

Qonun hujjatlarining elektron tizimi taqdimoti bo’lib o’tdi

Mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimini joriy qilish bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yaqin vaqt ichida ko‘plab sohalar raqamlashtirilmoqda. Elektron hukumat tizimining joriy qilinishi natijasida ko‘plab ovoragarchiliklar, qog‘ozbozliklar, ortiqcha vaqt va sarf-xarajatlarning oldi olinmoqda. Xususan, qonun hujjatlarining elektron tarzda yuborilishi, aylanishi va imzolanishi ham to‘liq elektron ko‘rinishga keltirilmoqda.

Joriy yilning 4-avgust kuni Shirin shahar hokimligining kichik majlislar zalida “IJRO.GOV.UZ” elektron tizimi bo‘yicha Sirdaryo viloyat Adliya boshqarmasi Prezident hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i – Davron Burxonov, Sirdaryo viloyat “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish markazi” DUK direktori Muhiddin Dultayev, viloyat hokimligi Tashkiliy-nazorat guruhi bosh mutahassisi G‘ayrat Jabborovlar tomonidan Shirin shahrida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirokida ushbu yangi tizimning taqdimoti bo’lib o’tdi.

Taqdimot seminar tarzda o’tkazilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining maqsad va vazifalari, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarning ijrosi bo‘yicha nazorat va hisobdorlikni tashkil etish tizimi yuzasidan D.Burxonov tomonidan taqdimot orqali batafsil ma’lumotlar berildi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan