Saytimizga hush kelibsiz !
Obod mahalla—xavfsiz jamiyat – Shirin shahar hokimligi
Saytimizga hush kelibsiz !

Obod mahalla—xavfsiz jamiyat

So‘nggi yillarda mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab bo‘layotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida samarali chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Shu bilan birga mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishning tashkiliy-profilaktik asoslarini zamon talablariga moslashtirish, sodir etiladigan qonunbuzilishlarning asl omillarini o‘z vaqtida aniqlash va kompleks chora-tadbirlar bilan manzilli bartaraf etish orqali jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini yanada oshirish dolzarb vazifa sifatida namoyon bo‘lmoqda.

2023-yil 30-martdan “mahalla yettiligi”ning o‘ziga xos hamkorligida ijtimoiy profilaktika tadbirlari yo‘lga qo‘yildi. Fuqarolarning ijtimoiy muammolarini mahallaning o‘zida hal etishga qaratilgan bu tizim qisqa muddatda ijobiy natija ko‘rsatdi.   

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

Qaror bilan 2024-yilda jinoyat sodir etilgan har bir mahallada kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda jinoyatlarni barvaqt profilaktika qilishning mahallalar kesimida choraklik manzilli chora-tadbirlarini belgilagan holda mahalla — tuman(shahar) — viloyat darajasida uning ijrosi uchun bevosita mas’ul rahbarlar biriktirilib, aniq sohaviy javobgarlik yuklandi.

Shuningdek kriminogen vaziyat og‘ir mahallalarda ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida joylarga chiqqan holda maqsadli o‘rganishlarni o‘tkazish orqali huquqbuzarliklarga sabab bo‘layotgan asl omillarni aniqlash va barham berish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralarni ko‘rish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab o‘tildi.

Mazkur qarorga binoan aholi murojaatlari bilan samarali ishlash, har qanday huquqbuzarlik uchun jazo muqarrarligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini to‘liq himoya qilish maqsadida ma’muriy amaliyot guruhlari tashkil etiladi. Ularga ushbu yo‘nalishda kunlik tahlilni yuritish, sud va boshqa tegishli organlar bilan taqqoslov ishlarini amalga oshirish vazifasi yuklatiladi. Bu borada ular qarorlar qabul qiladi va ichki ishlar organlariga kelib tushgan murojaatlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.   

Aholining huquqiy ongi, ijtimoiy faolligi va fuqarolik mas’uliyatini oshirish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy muammolarni hal etishga jamoatchilik vakillari, nuroniylar va mahalla faollarini keng jalb etib borish orqali ko‘zlangan maqsadlarga tez erishish imkoni yaratiladi. Ushbu tizim xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga xizmat qiladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudining raisi
A.Z.Ergashev

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan