Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sportga keng jalb etish maqsadida yurtimizda har yili Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun Shirin shahrida mazkur musobaqaning bu yilgi shahar bosqichi tantanali ravishda ochib berildi. Ochilish marosimida shahar hokimi Niyoz Xazratkulov, Davlat xavfsizlik xizmati rahbari, shahar prokurori va Ichki ishlar bo’limi boshlig‘i, Yoshlar ishlari agentligi hamda sport sohasi vakillari, sportchi yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda mutasaddilar so‘zga chiqib, mamlakatimizda yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi hamda barcha ishtirokchilarga omad va zafarlar tiladi.
Bugundan musobaqaning mahalla bosqichi o‘yinlari boshlandi.
Shahrimizning barcha yoshlarini DXX kubogi musobaqalarida faol ishtirok etishga chorlaymiz!









