O‘tkazilgan sayyor qabul va aholi vakillari bilan muloqotlar odamlarni qiynayotgan muammolarini hal etish, og‘irini yengil qilish, fuqarolarning davlatga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda. Turli darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlarining aholi vakillari bilan muloqotlari odamlarning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini o‘rganish, ularga imkon qadar ko‘mak berish, mavjud muammolarga o‘z joyida yechim topish imkonini bermoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yana-da jadallashtirish toʻgʻrisida”gi 2025-yil 6-martdagi PF-18-sonli Farmoniga asosan tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil qilgan holda aholi daromadlarini oshirish hamda kambagʻal oilalar bilan manzilli ishlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini yana-da faollashtirish orqali 2025-yilgi Navro‘z umumxalq bayramini va muborak Ramazon oyini koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazish maqsadida 2025-yil 11-martdan boshlab «dolzarb bir oylik» safarbarlik eʼlon qilingan.
Ushbu Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida Farhod mahallasida aholi bilan uchrashuv va sayyor qabul tashkil qilindi. Uchrashuvda shahar hokimi Niyoz Xazratkulov hamda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Xikmatulla Raxmetov, shahar hokimining oʻrinbosarlari va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi
Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalar yuzasidan 14 ta murojaatlar kelib tushdi. Barcha murojaatlar ijrosi bo‘yicha mas’ullar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.







