Saytimizga hush kelibsiz !
IQTISODIYOTNI RIVOJLANISHI, XALQ FARAVONLIGIGA YORQIN YO‘LDIR – Shirin shahar hokimligi
Saytimizga hush kelibsiz !

IQTISODIYOTNI RIVOJLANISHI, XALQ FARAVONLIGIGA YORQIN YO‘LDIR

Shirin  shahrining iqtisodiy ko‘rsatkichlari

(2025yilning Yanvar-fevral oylari)

Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni sohalar kesimida tahlil qilinganda,

    ✅ 2025-yilning yanvar-fevral oylarida Shirin shahrining sanoat korxonalari tomonidan 993,8 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 65,8 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati elektr energiyasi ishlab chikarish uzatish va tarqatish hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 99.6 % ni tashkil etdi.

    ✅2025-yilning yanvar-fevral oylarida, Shirin  shahrida jami 27,1 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish surʼati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,0% ni tashkil etdi.

    ✅2025-yilning yanvar-dekabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 17,7 milliard so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 113,2 % ni tashkil etdi.

    ✅2025-yilning yanvar-fevral oylarida Shirin shahrining tashqi savdo aylanmasi
0,8 ming AQSH dollariga yetdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 694,8 % ni tashkil etadi.

    ✅2025-yilning yanvar-fevral oylarida Shirin shahrining chakana savdo tovar aylanmasi 11,9 milliard so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,4 % ga yetdi.

       Hurmatli tadbirkorlar! Davlat statistika hisobotlarini Estat.4 elektron platformasi orqali   yuborishni unutmang.

       Statistika soxasida olib borilayotgan yangiliklar, o‘zgarishlar statistik tahliliy maʼlumotlarni sirstat.uz rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Shirin shahar statistika bo‘limi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan