8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Shirin shahridagi tashkilot rahbarlari uzoq yillar turli sohalarda mehnat qilgan faxriy ayollar holidan xabar olishdi.
Bayram munosabati bilan tashkil etilgan uchrashuvda mehnat faxriylarining jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi yuksak e’tirof etildi. Ularning fidokorona xizmatlari hurmat bilan yodga olinib, esdalik sovg‘alari taqdim etildi.




