Shahar hokimi, sektor rahbarlari, Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi hamda tashkilot rahbarlari ishtirokida hozirgi kunda chet elda mehnat faoliyatini yuritib kelayotgan hamda taʼlim olayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida shahar hokimi Niyoz Xazratkulov mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan eʼtibor, ularni taʼlim-tarbiya olishi, tadbirkorlikka yo‘naltirish, ish bilan taʼminlanishida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida gapirdi.
Shuningdek, yoshlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.




