Saytimizga hush kelibsiz !
Tungi_reyd – Shirin shahar hokimligi
Saytimizga hush kelibsiz !

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida shahar hokimining o‘rinbosari F.Alimov hamda shahar IIB va Yoshlar ishlari bo‘limi bilan birgalikda tungi reydlar tashkil etilmoqda.

Tadbir Shirin shahri hududida joylashgan kompyuter o’yingohlari, ko’ngilochar maskanlar va boshqa tungi xizmat ko’rsatuvchi obyektlarda olib borilmoqda.

Bu kabi reyd tadbirlarini tashkil etishdan asosiy maqsad, tungi vaqtlarda yoshlar o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan