Saytimizga hush kelibsiz !

IQTISODIYOTNI RIVOJLANISHI, XALQ FAROVONLIGIGA YORQIN YO‘LDIR

Shirin  shahrining iqtisodiy ko‘rsatkichlari

(2024-yilning yanvar-oktabr oylari)

Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni sohalar kesimida tahlil qilinganda,

    ✅2024-yilning yanvar-oktabr oylarida Shirin shahrining sanoat korxonalari tomonidan 6 137,0 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi 106,5 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqarish sanoati elektr energiyasi ishlab chiqarish uzatish va tarqatish hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 99.6 % ni tashkil etdi.

    ✅2024-yilning yanvar-oktabr oylarida, Shirin  shahrida jami 207,4 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish surʼati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 120,1% ni tashkil etdi.

    ✅2024-yilning yanvar-oktabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 81,1 milliard so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 114,9 % ni tashkil etdi.

    ✅2024-yilning yanvar-oktabr oylarida Shirin shahrining tashqi savdo aylanmasi 2 911,4 ming AQSH dollariga yetdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 199,1 % ni tashkil etadi.

    ✅2024-yilning yanvar-oktabr oylarida Shirin shahrining chakana savdo tovar aylanmasi 63,1 milliard so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,9 % ga yetdi.

       Hurmatli tadbirkorlar! Davlat statistika hisobotlarini Estat.4 elektron platformasi orqali o‘z vaqtida yuborishni unutmang.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan