Saytimizga hush kelibsiz !

«Yil ayoli» milliy tanlovi: Shirin shahrida faol va fidoyi ayollar mukofotlandilar

Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘lish bilan birga o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish hamda bu boradagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida “Yil ayoli” milliy tanlovining Shirin shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ochilishida so‘z olgan shahar hokimining o‘rinbosari Dildoraxon Umarova keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatdagi o‘rni, roli va nufuzini oshirish maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligini taʼkidladi.

Tanlovda shahrimizning faol xotin-qizlari tasdiqlangan nizomga ko‘ra 3 ta shart asosida bellashdi.

Hakamlar hayʼati tomonidan har bir ishtirokchining chiqishi xolisona baholab borildi. 11 ta nominatsiya bo‘yicha o‘z bilim, iqtidor va isteʼdodlarini namoyish etgan ayollar yakunda hakamlarning xulosa va tavsiyalari asosida tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldilar. Turli nominatsiyalar sohibalariga shahar hokimligining tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan