Unda dastlab shahar saylov komissiyasi raisi A.Xusanovning joriy yil 27-oktabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.
Shundan so‘ng xalq deputatlari Shirin shahar Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, shahar Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Kun tartibida navbatdagi masala sifatida viloyat hokimining shahar hokimini tayinlash to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Sessiya ishida ishtirok etgan Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Bekzod Ismatov «Shirin shahar hokimini tayinlash to‘g‘risida»gi qarorni o‘qib eshittirdi.
Shirin shahar hokimi lavozimiga nomzod Xazratkulov Niyoz Namazbayevich tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturi taqdimot qilindi.
Nomzod bo‘yicha deputatlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Deputatlar tomonidan Shirin shahar hokimi lavozimiga Xazratkulov Niyoz Namazbayevich nomzodi tasdiqlandi.