Saytimizga hush kelibsiz !

IQTISODIYOTNI RIVOJLANISHI, XALQ FAROVONLIGIGA YORQIN YO‘LDIR

Shirin  shahrining iqtisodiy ko‘rsatkichlari

(2024-yilning Yanvar-sentyabr oylari)

Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni sohalar kesimida tahlil qilinganda,

    ✅2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida Shirin shahrining sanoat korxonalari tomonidan 5 648,3 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarish hajmi 106,3 % ga o‘sgan. Sanoat ishlab chiqarishining asosiy ulushi elektr energiyasi ishlab chiqarish uzatish va tarqatish hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 94.7 % ni tashkil etdi.

    ✅2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida, Shirin  shahrida jami 193,1 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 114,3% ni tashkil etdi.

    ✅2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 70,9 milliard so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish surʼati 114,4 % ni tashkil etdi.

    ✅2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida Shirin shahrining tashqi savdo aylanmasi 2 464,9 ming AQSH dollariga yetdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 169,0 % ni tashkil etadi.

    ✅2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida Shirin shahrining chakana savdo tovar aylanmasi 55,3 milliard so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,7 % ga yetdi.

       Hurmatli tadbirkorlar! Davlat statistika hisobotlarini Estat.4 elektron platformasi orqali o‘z vaqtida yuborishni unutmang.

       Statistika sohasida olib borilayotgan yangiliklar, o‘zgarishlar statistik tahliliy maʼlumotlarni sirstat.uz rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Shirin shahar Statistika bo‘limi bosh mutaxassisi
Sh.Muminjonov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan