Joriy yilning 25 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shirin shahridagi xalq qabulxonasida shaharda istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan fuqarolar, “Ko‘zi ojizlar jamiyati” a’zolari muammolarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida sektor rahbarlari hamda tashkilot rahbarlari bilan birgalikda ochiq muloqot tarzda uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda fuqarolar tomonidan tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, subsidiya olish orqali bandligini ta’minlash, tibbiy xizmat olish uchun order masalasi va boshqa bir qancha yo‘nalishlarda murojaatlar o‘rganildi. Yo‘llangan murojaatlarning har birida keltirilgan masalalar tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida muhokama va taxlillar asosida joyida ijobiy hal etildi. Muddat talab qilgan murojaatlar qat’iy nazoratga olindi.
Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati