Saytimizga hush kelibsiz !

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining navbatdagi 32-sessiyasi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 28-iyun kuni Xalq deputatlari Shirin shahar kengashining navbatdagi 32-sessiyasi bo’lib o’tdi. Deputatlar, shahar sektor rahbarlari, tashkilot rahbarlari va ommaviy axborot xositalari vakillari ishtirokida o’tkazilgan mazkur sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko’rib chiqildi va har bir masala yuzasidan tegishli rahbarlar o’z hisobotlari va kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan axborot va hisobotlarini o’qib eshitirishdi.
1. Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining sessiyalar oralig‘ida qabul qilingan ayrim qarorlarini tasdiqlash.
2. Shirin shahrida “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning moddiy sharoitlarini yaxshilash hamda daftarlardan chiqarisn bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to’g’risida.

3. Shaharga Investitsiyalarni jalb qilish, investorlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar hamda investitsiya dasturlarining bajarilishi holati yuzasidan hokim o‘rinbosari I.Maxmudov hisoboti;

4. Shirin shaharda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda byudjet mablag‘larini maqsadli va samarali ishlatish bo‘yicha shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i O.Yuldashevning hisoboti;

5. Xalq deputatlari shahar Kengashining Yoshlar siyosati va sog‘lom avlodni tarbiyalash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hisoboti;
6. Shahar Majburiy ijro byurosi rahbarining 2021-yilning o‘tgan olti oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti;

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6155-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturi ijrosini ta’minlash yuzasidan shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish reyting ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-5048-sonli qaror ijrosi bo‘yicha shaharda amalga oshirilgan ishlar haqida;
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida shaharda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
10. Boshqa masalalar.


Sessiyada mas’ul rahbarlar tomonidan axborot va hisobotlar o’qib eshitirilib tegishli qarorlar qabul qilindi.

Yakunda yoshlarga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani o’tkazildi.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan