Saytimizga hush kelibsiz !

Shirin shahridagi akademik eshkak eshish sport bazasiga press-tur tashkil qilindi

Joriy yilning 24-iyun kuni Shirin shahrida joylashgan akademik eshkak eshish sport bazasiga OAV vakillari ishitirokida press-tur tashkil qilindi.
Jurnalist va blogerlar mazkur sport kompleksidagi sharoitlar va undagi mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.
Shirin shahrida ushbu sport bazasining tashkil qilinish tarixiga nazar soladigan bo’lsak, baza o’z faoliyatini 1981-yildan Farhod mahallasida tashkil qilgan. 2001-yildan “Sirdaryo IES” OAJ ga qarashli “Energetik” sport bazasi (hozirgi joyi)ga ko’chirilgan.

Foto: Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Akademik eshkak eshish sport bazasidan ko’plab chempionlar va nufuzli musobaqalar ishtirokchilari yetishib chiqqan, jumladan:
– Akademik eshkak eshish sport turidan olimpiya o‘yinlariga birinchi marotaba O‘zbekiston Respublikasidan Ruslan Naurzaliev va Chernenko Vladimerlar 2004-yil Afina Gretsiyada bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etishgan.
– 2006-yil Qatarning Doxa shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida Ruslan Naurzaliev va Chernenko Vladimerlar oltin medal sohibi bo‘lishgan.
– 2008-yil Xitoyning Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida Ruslan Naurzaliev munosib ravishda ishtirok etgan.
– 2009-yil Osiyo Chempionati. Ruslan Naurzaliev, Chernenko Vladimer, Naurzaliev Damir, Didrix Vyacheslavlar oltin va kumush medallari sohibi bo‘lishgan.
– 2010-yil Xitoyning Guanjou shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida Ruslan Naurzaliev, Chernenko Vladimer. Naurzaliev Damir, Didrix Vyacheslav, Didrix Aleksandr, Tyan Sergey, Kuznetsov Yefimlar Kumush va bronza medallari sohibi bo‘lgan.
– 2011-yil Osiyo Chempionatida Didrix Vyacheslav, Ruslan Naurzalievlar kumush medali sohibi bo‘lishgan.
– 2013-yil Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Abdujabborov Shaxboz. Abdujabborov Abbos, Murodov Rustamjon, Kulgovaya Yulduzlar, oltin, kumush hamda bronza medallarini qo‘lga kiritishgan.
– Abdujabborov Shaxboz 2015-yilda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida bronza va kumush, 2016-yil Osiyo chempionatida kumush medali sohibi bo‘lgan.
– 2018 yil Indoneziya (Jakarta, Polenbang) da bo‘lib o‘tgan 18-yozgi Osiyo o‘yinlarida shaxrimiz sportchilaridan Abdujabborov Shahboz oltin medal, Yarov Alisher va Krasnov Anatoliy kumush medali soxibi bo‘lishgan.

Foto: Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati
Foto: Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati
Foto: Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Hozirgi kunda Shirin shahar akademik eshkak eshish sport bazasi investitsiya dasturi asosida to’liq rekonstruksiya qilinib, xalqaro talablarga javob bera oladi. Sport kompleksida shug’ullanuvchilar bazaning yonginasidan oqib o’tuvchi «Janubiy Mirzacho’l» kanalidan mashg’ulotlarni o’tab borishadi.

Foto: Shirin shahar hokimligi Axborot xiamati

Mazkur sport bazasida hozirgi kunda 15 nafar malakali trenerlar 350 nafardan ortiq yosh sportchilarga bor mahoratlarini ishga solib, sportning sir asrorlarini o‘rgatib kelishmoqda. Shu kunga qadar ushbu sportchilar orasidan 15 nafardan ortiq Osiyo chempionlari va 100 dan oshiq O‘zbekiston chempionlari yetishib chiqqan. Bugungi kunda ushbu malakali trenerlar orasidan 6 nafari O‘zbekiston terma jamoasi treneri bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqda.
E’tirorof etishga rziydigan yana bir jihat – Holmirzaev Shag‘boz Yoponiyada bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 1-o‘rinni egallab, TOKIO-2020 olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

Shirin shahar hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan